O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Fujayrada

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013, 19:57
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi U-17 o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bashlari S guruhi o'yinlari bo'lib o'tadigan Fujayra shahriga yetib keldi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 14 oktyabr kuni BAAning Fujayra shahriga yetib keldi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi delegaciyasi Fujayra shahridagi Soncorde mehmonxonasiga joylashgan. Musobaqa tashkilotchilariga ko'ra, S guruhida ishtirok etadigan barcha terma jamoalar 14 oktyabr Fujayraga yetib kelgan va mehmonxonaga joylashgan.

Eslatib o'tamiz, U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi bahslari 17 oktyabr kuni start oladi. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning S guruhida Panama, Xorvatiya hamda Marokash o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p suradi.

Nuraliev shogirdlari musobaqaning ilk o'yinini 18 oktyabr kuni Panama o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com