O'zbekiston U-16 - Bahrayn U-16 - 17:0

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014
O'zbekiston U-16 o'smir qizlar terma jamoasi Osiyo Chempionati saralash birinchi uchrashuvida Bahrayn U-16 qizlar terma jamoasini yirik 17:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralashi A guruhidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi. Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi saralash mezboni - Bahrayn U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo'lgan o'zbekistonlik o'smir qizlar yakunda raqiblari darvozasini javobsiz 17 marotaba ishg'ol etishdi va yirik g'alabani nishonlashdi.

Ma'lumot uchun, saralashning A guruhida boshqa terma jamoalar ishtirok etmayotgani bois, O'zbekiston va Bahrayn o'smir qizlari 25 dekabr kuni o'zaro ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadilar. Guruh g'olibi esa kelasi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasida OCH saralash.
A guruhi. Manama, Bahrayn.
22 dekabr. Dastlabki uchrashuv.
Bahrayn U16 - O'zbekiston U16 - 0:17

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com