O'zbekiston U-15 Yaponiyaga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2015
O'n besh yoshgacha bo'lgan futbolchilarimizdan tuzilgan terma jamoa Yaponiyadagi musobaqaga yo'l oldi.
Yaponiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol federatsiyalari hamkorligidagi 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun mo'ljallangan dastur asosida shu yilning 25-29 mart mart kunlari bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada 10ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular ikki guruhga bo'lingan.

“A” guruhi: Tojikiston, “Tokio” FK, Qirg'iziston, Turkmaniston, JFAfutbol akademiyasi

“B” guruhi: O'zbekiston, “Kioto Sanga” FK, Afg'oniston, Eron, Yaponiya

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasining guruh bosqichidagi o'yinlari bilan tanishing:

25 mart:
O'zbekiston – “Kyoto Sanga”
Yaponiya – O'zbekiston

26 mart:

O'zbekiston – Afg'oniston

27 mart:
O'zbektson – Eron

Eslatib o'tamiz, Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi 12-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com