O'zbekiston terma jamoasi Brisbendan Melburnga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2015, 11:40
O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Brisbendan Melburn shahriga yetib keldi va Interkontinental mehmonxonasiga joylashgan.
Bugun Mirjalol Qosimov shogirdlari mahalliy vaqt bilan 19:00da Melburndagi ilk mashg'ulotlarini boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo Kubogi 3-tur o'yini 18 yanvar kuni aynan Melburnda bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Takidlash lozim, Saudiya Arabistoni terma jamoasi KXDRga qarshi 2-tur o'yinini aynan Melburn shahrida o'tkazgan va ular 3-tur o'yinini o'tkazish uchun boshqa shaharga yo'l olmaydilar.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com