O'zbekiston terma jamoasi Isroilga uchib bordi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2019
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'tirgan samolyot Tel-Aviv shahriga yetib bordi.

Toshkentdan soat 16:15da uchgan samolyot bundan bir necha daqiqa avval Tel-Avivdagi "Ben Gurion" Xalqaro aeroportiga qo'ndi. Endi vakillarimiz avtobusda Falastinga yo'l olishadi.

Eslatib o'tamiz, Falastin - O'zbekiston uchrashuvi 5 sentyabr kuni Ramalloh shahrida bo'lib o'tdi.


Tolibjon Qosimov, Tel-Aviv shahridan



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia