

Loyihada 2021 yildan boshlab O'zbekiston Superligasi o'yinlarida VAR tizimidan foydalanish taklif qilingan.
"Xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarda adolat
va shaffoflikni taminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish" - deyiladi Qaror loyihasida.



