O'zbekiston Superligasi. 2-turning eng yaxshilari

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023
Kecha Coca Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakun yasaldi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Neftchi" kiperi Akbar To'raev Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 2-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 


"So'g'diyona" a'zosi Jasur Hasanov Championat.asia talqiniga ko'ra 2-turning eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi.

Chap qanot yarim himoyachisi "Olimpik"ka qarshi o'yinda jamoasining ikkala golida qatnashdi. Dastlab o'zi gol urgan bo'lsa, so'ngra uning zarbasidan keyin raqib posboni avtogol qayd etdi.


"Turon" futbolchisi Quvondiq Ro'ziev "Nasaf" darvozasiga kiritgan to'p Championat.asia talqiniga ko'ra 2-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  


"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Championat.asia talqinida 2-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia