O'zbekiston Superkubogi-2025. "Nasaf" "Andijon" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 18:19
Biroz avval Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 23-turida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi (1:0).

Ushbu bahsdagi g'alabadan keyin "Nasaf" muddatidan avval mamlakat chempionligin rasmiylashtirdi. Shunday qilib, 2025 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda "ajdarlar" ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritgan "Andijon" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 

Ma'lumot uchun, "Nasaf" o'z tarixida 4 marta Superkubok uchun o'yinda ishtirok etgan va 2 marta g'olib bo'lgan. "Andijon" esa birinchi marta Superkubok uchun o'yinda ishtirok etadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia