O'zbekiston Superkubogi-2015: Paxtakor sariq, Lokomotiv qizil formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015, 12:45
Bugun 2015 yilgi O'zbekiston Superkubogiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra bu o'yinda Paxtakor nominal mezbon bo'ladi.

Sherlar uchrashuvni sariq rangli formada o'tkazishadi, Lokomotiv futbolchilari esa qizil formada o'ynaydi.

Bahs 8 mart kuni Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14.00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz