O'zbekiston olimpiya terma jamoasi posboni yig'inga jarohat bilan kelgan. Uning o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Toshkentda Olimpiadaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Timur Kapadze shogirdlari 7 va 10 iyun kunlari Mali U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Surxon" klubi darvozaboni Dilshod Yo'ldoshev terma jamoa yig'iniga jarohat bilan kelgan. 

Shu bois posbon yana "Surxon" ixtiyoriga qaytib ketgan. Uning o'rniga terma jamoaga "Paxtakor" vakili Otabek Boymurodov jalb qilingan.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia