O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
12 noya 2019, 10:35
Yanvar oyida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda yig'in boshlagani haqida xabar bergan edik.

Olimpiya terma jamoamiz bugun ham BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida mashg'ulot o'tkazdi. Olimpiyachilarimiz “Dubay xalqaro do'stlik musobaqasi” doirasidagi ilk uchrashuvga hozirlik ko'rishmoqda. Musobaqadagi ishtirokini terma jamoamiz 13 noyabr kuni Iroq olimpiya termasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Quyida terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz