O'zbekiston Olimpiada o'yinlarida: 1996 yil

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2016, 17:49
1996 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlari AQSHning Atlanta shtatida bo'lib o'tgan.


Mustaqil O'zbekiston nomidan o'shanda ilk marotaba 71 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan.

63 nafar erkak, 8 nafar ayol sportchi o'shanda 12 ta sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etganlar.

Hamyurtlarimiz ishtirok etgan sport turlari:

Engil atletika
Boks
Kanoeda eshkak eshish
Velosport
Qilichbozlik
Gimnastika
Dzyudo
O'q otish
Suzish
Tennis
Og'ir atletika
Kurash

Olimpiadaning ochilish marosimida bokschi Timur Ibragimov O'zbekistonning bayroqdori bo'lgan.



Ushbu Olimpiadada sportchilarimiz ikkita medalni qo'lga kiritganlar.

Dzyudochimiz Armen Bogdasarov 86 kg vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, bokschi Karim To'laganov 71 kg vazn toifasida bronza medalini hisobimizga qo'shib qo'ygan.

Armen Bogdasarov


Bundan tashqari o'sha Olimpiadada Muhammadqodir Abdullaev, Ruslan Chagaev, Oleg Ogorodov, Oksana Chusovitina, Kamol Murodov kabi sportchilarimiz ham ishtirok etganlar.



Suratda kimlarni taniy oldingiz?


Vikipediya ma'lumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Olamsport.com saytida chop etilgan boshqa qiziqarli sport xabarlari:

Avstraliyaliklar Olimpiadada 45 ta medal yutmoqchilar

Rio-2016. Musobaqalar o'tkaziladigan inshootlar: Mariya Lenk suv sporti saroyi

Yunon-rim kurashchilarimiz Olimpiadaga qanday tayyorlanishmoqda?

APLning sobiq futbolchisi noyabrda jangga chiqmoqchi?

Jon Lineker Makdonaldni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Omonmurodova Bursada yakkalikdagi ishtirokini yakunladi

Rossiyalik bokschilar Olimpiadada kamida bitta oltin medal qo'lga kiritishmoqchi, biznikilarchi?

Pele Rio-2016 o'yinlariga atab qo'shiq yozdi

Jokovich va Uilyams ESPY mukofotini qo'lga kiritdilar

Sportchilar ijtimoiy tarmoqlarda

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com