O'zbekiston MTJga nomzod futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi

Alisher
30 apr 2021, 14:35
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlari iyun oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

Bo'lajak muhim uchrashuvlarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish, MTJ tarkibiga nomzod futbolchilarning jismoniy holatini o'rganib chiqish maqsadida ularning bir qismi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida funcional tekshiruvdan o'tkaziladi.

Tibbiy ko'rikka chaqirilgan dastlabki nomzod futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Javohir Ilyosov, Abduvohid Ne'matov

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov, Murod Xolmuhammedov, Azim Ahmedov, Igor Golban, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov. 

Yarim himoyachilar: Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy, Nurillo To'xtasinov, Oybek Rustamov, Javohir Sidiqov, Iskandar Shaykulov, Javohir Qahramonov. 

Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov, Mirjahon Mirahmadov, Farruh Ikromov, Shohruz Norxonov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz