O'zbekiston MTJ Dohada, Masharipov va Turg'unboev ham keldi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
11 noya 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Dohaga yetib keldi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko katanets hamda markaziy himoyachilar Umar Eshmurodov va Abduqodir Husanov tunda Qatarga uchib kelishgan edi. Bugun tongda esa O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkentdan Dohaga to'g'ridan-to'g'ri reys bilan yetib keldi. Bundan tashqari, yana ikki nafar legionerlarimiz Jaloliddin Masharipov va Azizbek Turg'unboev ham Turkiya orqali tongda Dohaga uchib kelishdi. Quyida jarayon suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.


P.S. Terma jamoamizning qolgan legionerlari bugun kun davomida Qatarga uchib kelishadi.

Qatarga qarshi uchrashuv 14 noyabr kuni "Jassim bin Hamad" stadionida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga belgilangan.

Foto: Tolibjon Qosimov, Dohadan maxsus

Masharipov va Turg'unboev terma jamoa bilan birga emas, Turkiyadan Dohaga uchib kelishdi.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia