O'zbekiston MTJ. "Bunyodkor"dan ham bir futbolchi chaqirildi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2021, 17:48
Xabaringiz bor, Srechko Katanets murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Toshkentda va Iordaniyada o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazadi.

Yig'in doirasida Malayziya va Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, mazkur yig'inga “Bunyodkor” futbolchisi ham boradi. Srechko Katanets jamoaning iqtidorli, universal futbolchisi Abdulla Abdullaevni ham taklif etdi. O'ylaymizki, Abdulla murabbiylar shtabini ishonchini oqlab, milliy terma jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanadi va g'alabalarga hissa qo'shadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com