O'zbekiston - KXDR uchrashuvi Toshkentda o'tkazilmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 14:16
13 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida KXDRni qabul qiladi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, ushbu bahs mamlakatimiz poytaxti - Toshkent shahrida bo'lib o'tmasligi mumkin. O'FA ushbu uchrashuvni Qarshida o'tkazish uchun Shimoliy Koreya terma jamoasi vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyidagi terma jamoalar tanaffusida milliy jamoamiz Qatar bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv 16 oktyabrga rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia