O'zbekiston kubogi guruh bosqichini “Andijon-SGS” Toshkentdagi o'yin bilan boshlaydi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2023, 13:22
Kecha O'zbekiston kubogining guruh bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Saralashda ishtirok etgan sakkiz jamoa ichidan “Jizzax” hamda “Olimpiya” guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Guruh bosqichi 2 aprel kungi o'yin bilan start oladi. Shu kuni “Andijon-SGS” o'z maydonida “Jizzax”ni qabul qilishi kerak. Xabaringiz bor, Andijondagi “Bobur arena”da ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Qo'shimchasiga, “Andijon-SGS” Ispaniyada tashkil etilayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun 3 aprel tongda Toshkent orqali safarga yo'l oladi. Shularni inobatga olgan holda “Andijon-SGS” guruh bosqichining dastlabki uchrashuvini Toshkentdagi “Chig'atoy” stadionida o'tkazadi.

“Andijon-SGS” - “Jizzax” o'yini 16:30 da start oladi. 4 aprel kuni esa “A” guruhining ikkinchi o'yinida OKMK Buxoroda “G'ijduvon” mehmoni bo'ladi. Bellashuv 18:20 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz