

Guruh taqvimiga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun Namanganda "Namangan FA" jamoasi bilan kuch sinashadi. Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bellashuvda klubning asosiy emas, balki o'rinbosarlar jamoasi ishtirok etadi. O'yin sun'iy maydonda bo'lib o'tishi hisobga olsak, Ilyos Zeytullaev futbolchilarni asrashni lozim topgan bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "qaldirg'ochlar" navbatdagi bahsini Superliga doirasida 28 aprel kuni uyda OKMKga, O'zbekiston Kubogida esa guruhdagi oxirgi uchrashuvini 21 may kuni "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.



