O'zbekiston kubogi. Bugun final oldidan rasmiy tadbirlar o'tkaziladi

Aziz Tukhtamuradov
11 noya 2023, 08:40
Ertaga Qarshida futbol bo'yicha O'zbekiston kubogining final o'yini o'tkaziladi.

"Nasaf" hamda OKMK jamoalari o'rtasidagi final oldidan bugun bir qator rasmiy tadbirlar o'tkaziladi.

Matbuot anjumanida OKMKdan bosh murabbiy Mirjalol Qosimov, jamoa a'zolari Xurshid G'iyosov hamda Martin Boake ishtirok etadi. Nasaf ustozi Ro'ziqul Berdievga esa Marko Stanoevich hamda Zafarmurod Abdirahmatov hamrohlik qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - OKMK uchrashuvi ertaga soat 17:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfl.uz