SSKA "Zenit"ga qarshi penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, Rossiya kubogi superfinaliga yo'l oldi! Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi

Administrator
15 may 2025, 00:00
Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida SSKA "Zenit"ni mehmon qildi va penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.

SSKA Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida "Zenit"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi o'yindagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni javob o'yinida yo'qqa chiqargan SSKA penaltilar seriyasida 4:3 hisobda g'alaba qozondi va Rossiya kubogi yakuniy final o'yiniga yo'l oldi. Abbosbek Fayzullaev o'yinning 62-daqiqasida Miralem Pyanich o'rniga maydonga tushirildi. Rossiya kubogi supefinali 1 iyun kuni Lujniki stadionida o'tkaziladi. SSKAning raqibi "Spartak" yoki "Rostov" bo'ladi.

SSKA – "Zenit" 2:0 (penaltilar seriyasi: 4-3)

Dastlabki uchrashuv: 0:2





O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia