O'zbekiston FIFA reytingida bir pog'ona pastladi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 14:25
FIFA milliy terma jamoalarning fevral oyi uchun reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 72-o'rinda joylashgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 483 ochkoga ega. Terma jamoamiz Osiyoda hamon oltinchi o'rinda.

Osiyo qitasida Eron birinchi o'rinda (42-o'rin), Yaponiya ikkinchi (53), J.Koreya esa uchinchi o'ringa tushdi (56). Osiyo chempioni Avstraliya terma jamoasi 65-o'rinda. BAA 69-pog'onada.

Amaldagi Jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi umumiy ro'yxatda birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni Argentina va Kolumbiya terma jamoalari band etishgan. Umuman olganda kuchli to'qqizlikda hech qanday o'zgarish kuzatilmagan.

To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia