O'zbekiston FIFA reytingida 74-o'rinda qoldi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014, 15:33
FIFA milliy terma jamoalarning dekabr oyi uchun yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi xuddi o'tgan oydagidek 74-o'rinda joylashgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 454 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda hamon to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Osiyo qitasida Eron birinchi o'ringa chiqib oldi (51). Yaponiya esa ikkinchi o'ringa tushdi (54-o'rin). Janubiy Koerya esa 69-o'rinda.

Osiyo Kubogi-2015dagi raqiblarimizning o'rinlari:
KXDR - 150
Xitoy - 97
Saudiya Arabistoni - 102

Amaldagi Jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi umumiy ro'yxatda birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni Argentina va Kolumbiya terma jamoalari band etishgan.

To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia