O'zbekiston-BAA uchrashuviga chiptalar 15000 dan 150000 so'mgacha

Narzulla Saydullayev
24 fev 2014, 18:27
Joriy yilning 5 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 saralash musobaqasi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari termasini qabul qiladi.
Ma'lum bo'lishicha, mazkur terma jamoalar o'rtasidagi uchrashuvga chiptalar 28 fevraldan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotiladi.  

 Avval xabar berganimizdek, o'yinga kirish uchun besh toifali chiptalar joriy qilingan:

 1-toifa  - 20.000 so'm
 2-toifa - 15.000 so'm
 3-toifa (balkon) - 15.000 so'm
 CIP chiptalari - 30.000 so'm
 VIP lojalar - 150.000 so'm

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: darakchi.uz