O'zbekiston - Afg'oniston. Uchrashuvni qatarlik hakam boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2014, 11:25
Osiyo o'yinlarining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Afg'oniston uchrashuvini qatarlik hakam boshqarib boradi.
Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadigan o'yinni qatarlik Hamis Al Marri boshqarib boradigan bo'ldi.

Al Marri bugunga qadar Osiyo o'yinlarida ikkita o'yinda ishladi. "F" guruhidan o'rin olgan KXDR - Xitoy (3:0) va "H" guruhidagi Qirg'iziston - Eron (1:1) o'yinlarini aynan ushbu hakam boshqarib bordi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia