

Chunki klub tomonidan "Obod"ning ikkinchi davrada ishtirok etish-etmasligi to'g'risida hali rasmiy bayonot berilmadi. Bizgacha yetib kelgan gap-so'zlarga qaraganda, shu hafta ichida "Obod"ni oliy ligada olib qolish masalasi aniq hal bo'ladi.
Klubga yaqin manbalardan birining aytishicha, tez orada "Obod"ga yangi murabbiy va yangi rahbar taklif etiladi. Hatto yangi murabbiy xorijlik bo'lishi mumkin degan gaplar ham yo'q emas. Ammo hozircha "Obod" to'liq kimning qo'liga o'tishidan xabarimiz yo'q.
X.Xoliqov.



