O'yindan qaytayotgan hakamning yonidan 17 ming dollar topildi

Aslanov Jasurbek
23 may 2018, 16:58
Ukrainada kelishilgan o'yinlar bo'yicha yirik tekshiruv ishlari o'tkazilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, arbitr Vladimir Milanich kelishilgan o'yinlarga aloqador ekan. Policiya futbol uchrashuvidan qaytayotgan Milanichni to'xtatdi va uni tintib ko'rganida, sumkasidan 17 ming dollar topgan.

Tekshiruv ishlari boshlangani haqida 22 may kuni e'lon qilindi. Ukrainaning 9 viloyatida 50dan ortiq tekshiruv o'tkazildi. Hakamlar, klub prezidentlari, murabbiylar va futbolchilar kelishilgan o'yinlarda ishtirok etishda shubhalanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com