Oyarsabal "Manchester Siti"ga o'tmoqchi emas

12 iyun 2020, 01:32
"Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal jamoasini o'zgartirmoqchi emasligini ta'kidladi.

"Klubda baxtliman. San-Sebastyanda meni yaxshi ko'rishadi va qadrlashadi, men hech qachon jamoamni o'zgartirish istagani bildirmaganman. Faoliyatimni "Real Sosedad"da davom ettirib, jamoaning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Menga barchasi yoqyapti", - dedi ispaniyalik futbolchi France Press agentligiga.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Press