Ouen va Xargrivz Fredning o'yinini tanqid qilishdi

Alisher
4 okt 2019, 12:55
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchilari Maykl Ouen va Ouen Xargrivz "qizil iblislar" yarim himoyachisi Fredning o'yinini tanqid qilishdi.

Xargrivz Fredning "Shaxtyor"dagi o'yinini esladi:

"O'ylaymanki, u yaxshi o'yinchi, lekin nimaga bunaqa o'ynayotganini tushunmayapman. U "Shaxtyor"da ajoyib o'ynar edi, shuning uchun "Manchester Siti" uni sotib olmoqchi edi. Bularning hammasi qaerga ketdi?

Ouen uning qaysi poziciyaga ko'proq mos tushishini taxmin qilib ko'rdi:

"Men uchun u o'rta darajadagi o'yinchi. U himoyaga yaqin o'ynasa yaxshi bo'lar edi. U ko'proq yarim himoyadan ko'ra tayanch poziciyasiga mos tushadi".


Eslatib o'tamiz, kecha AZ - MYU o'yinida Fred asosiy tarkibda maydonga tushdi va o'yin yakunda 0:0 hisobida yakuniga etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: soccer.ru