Ouen MYUni keskin tanqid qildi

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 12:44
Angliya termasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Manchester Yunayted"ning o'yinlariga baho berdi.

Mankunianliklarning sobiq a'zosi ayni damda BT Sport kanalida ekspert bo'lib ishlamoqda.

"MYU o'rtacha saviyada o'yin namoyish qilmoqda. Mourinyo jamoada o'zgartirgan jihat - futbolchilarning sotib olinishi. U APLning so'nggi 3-4 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi Aleksisni sotib oldi. U jamoaga o'tganidan keyin o'rtacha darajada o'yin ko'rsatmoqda. JCHda, "Yuventus"da top-futbolchi bo'lgan Pogba ham MYUda o'rtacha futbolchi.

Hujumkor futbolchilar Mourinyo qo'l ostida o'sishga erishmadi yoki yomonroq o'yin ko'rsatishmoqda. Uning davrida hech kim o'smayapti. U faqatgina himoyachilarga e'tibor bermoqda. Agarda voqealar shunday davom etsa, MYU hech qaerga bormaydi", - dedi Ouen.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BT Sport