O'tkir Yusupov "Neftchi" mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2016, 11:44
Qarshining "Nasaf" klubi darvozaboni O'tkir Yusupov o'z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi haqida xabar bergandik.

Posbon kuni kecha "ajdarlar" safini tark etgandi. Yusupov bugun Farg'onaga yetib bordi va "Neftchi" klubi mashg'ulotiga qo'shildi. Agar murabbiylar uning harakatlaridan qoniqish hosil qilishsa O'tkir faoliyatini vodiy klubida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "Neftchi" darvozasini rossiyalik Evgeniy Cheremisin qo'riqlagandi. Biroq PFL 2016 yildan boshlab oliy ligada xorijlik posbonlar bo'lmasligi haqida qaror qabul qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia