Otabek Shukurov: "Bunyodkor" stadionida futbol o'ynash qiyin"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2018, 02:08
O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) so'ng, milliy jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Shukurov ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.

- Terma jamoa miqiyosidagi o'yinlar doimo qiyin bo'ladi. KXDR kam sonli legionerlar bilan O'zbekistonga tashrif burgan ekan, shu sababli bugun g'alabamizni kutganimizdan biroz osonroq qo'lga kiritdik.
Bizga shunday o'yinlar kerak edi. Chunki terma jamoa anchadan beri g'alaba qozonmagan edi. Ushbu muvaffaqiyat kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi deb o'layman.

- Terma jamoa gol urishda muammolarga duch keldi. Bu nimaga bog'liq?
- Birinchi navbatda maydon juda og'ir. Bu yerda futbol o'ynash qiyin. Ushbu g'alabadan so'ng hujumchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch yanada ortadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia