Otabek Jo'raqo'ziev: "Futbolda hamma narsa bo'lishini ko'rsatib qo'ydik"

Administrator
5 mar 2025, 02:10
"Paxtakor" hujumchisi Otabek Jo'raqo'ziev "Al Hilol" (1:0)ga qarshi Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final dastlabki o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin qiyin o'tishini bilardik, sababi "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. G'alaba bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklaymiz.

- O'yindan oldin "Al Hilol" nomidan sarosima bor edi. "Paxtakor" buni engib o'tdi desak bo'ladimi?

- Ha, bo'ladi. Raqib safida katta nomlar bor edi, ammo futbolda hamma narsa bo'lishini ko'rsatib qo'ydik.

- Javob o'yinidan nima kutyapsiz?

- Hozir aytib o'tganimdek, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. U yerda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Zaxiradan tushayotganingizda murabbiy qanday ko'rsatmalar berdi.

- O'yin qizg'in payti maydonga tushdim. Murabbiy oldinga ham, orqa ham yordam berishimni so'radi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia