Otabek Eshmamatovni tabriklaymiz!

Nadirkhuja Yuldashev
7 may 2014, 10:50
May oyi tug'ilgan kunlarga boy bo'lyapti. Ha, bu oyda jurnalistlar tavallud topgan oyga o'xshaydi.
Kuni kecha "Bunyodkor" matbuot kotiblari, Bahodir Mirzaev va Abror Imomxo'jaev o'z tug'ilgan kunlarini nishonlagan bir paytda, bugun "Lokomotiv" futbol klubining yetakchi mutaxassisi, "Sport TV" da kadr ortida munosib xizmat qilib kelayotgan Otabek Eshmamatov 36 yoshga to'ldi.

Faoliyatini Yoshlar radiokanalida boshlab, keyinchalik "Mashal" kanalida munosib xizmat qilgan mutaxassisni ko'pchilik hurmat qilishi bejiz emas.

Saytimiz ijodkorlari tomonidan chin dildan Otabek Eshmamatovni tabriklaymiz. Bundan keyin ham hayotlari mana shu suratdagidek go'zal bo'lsin!

Nadirkhuja YuldashevMuallif