Oston O'runov nazorat uchrashuvida "Ufa" safida maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2020
"Lokomotiv"ning sobiq futbolchisi, ayni damda Rossiya Premer-ligasi vakili "Ufa"ning Kiprdagi yig'inida ishtirok etayotgan Oston O'runov nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

O'runov 18 yanvar kuni Vengriyaning "Uypesht" klubiga qarshi o'tkazilgan bahsning dastlabki bo'limida "Ufa" safida to'p tepdi.

Rossiya klubi ikkinchi bo'limda boshqa tarkibni maydonga tushirdi. Birinchi bo'limda urilgan 2ta gol tufayli vengriyaliklar nazorat uchrashuvida zafar quchishdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia