Oston O'runov bugun "Navbahor" bilan Turkiyaga uchib ketdi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023
Jamoa 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni jiddiy tarzda olib borishni niyat qilgan.

"Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan vice-chempion, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) pley-off bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishni rejalashtirgan.

"Lochinlar" yangi yildagi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida ertalab Toshkent – Antalya aviayo'nalishi bo'yicha Turkiyaga parvoz qildi. Turkiyadagi yig'in davomida xorij klublariga qarshi bir qator nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirilgan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Oston O'runov ham "Navbahor" tarkibida Turkiyaga yo'l olgan.

Avvalroq Oston O'runov namanganliklar mashg'ulotlarida qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia