Osorio: "Menimcha, Koutino Braziliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2018, 14:51
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio Braziliyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 1/8 final uchrashuvidan oldin raqibning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi.

"Qur'a paytida Tite bilan suhbatlashdim va u mendan Braziliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi kimligini so'radi. Men unga Koutino qolganlardan yaxshiroq ekanligini aytdim.

Villian, Duglas Kosta va Neymar kabi braziliyalik futbolchilarga shubha qilmayman, ammo Koutino kuchliroq, chunki u yarim himoya va hujumning har qanday qismida o'ynay oladi. Uni diqqat bilan kuzatamiz" - deydi Osorio.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es