O'smirlarimiz hali rasman guruhdan chiqishgani yo'q

Narzulla Saydullayev
21 okt 2013, 23:40
O'zbekiston o'smirlari Marokash bilan durang o'ynaganidan xabaringiz bor.
Ko'pchilikni bitta savol qiziqtirmoqda "O'zbekiston guruhdan chiqdimi?".

O'smirlarimiz hisobida 4 ochko bor. Agar so'nggi turdan so'ng O'zbekiston uchinchi o'rinni olsa eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan to'rt jamoa orasiga kira olishi kerak. Yani ikkita guruhda uchinchi bo'lgan jamoaning ko'rsatkichi bizdan past bo'lishi lozim.

Hozirgacha to'rtta guruhda ikkita tur bo'lib o'tdi. "D" kvartetida biz uchun yaxshi holat sodir bo'ldi.


 JamoaO'
YUDMTNO
1Yaponiya
2200416
2Tunis
2200316
3Rossiya
2002020
4Venesuela
2002250

So'nggi turda Rossiya va Venesuela o'zaro bahs olib borishadi. G'olib uch ochokga ega bo'ladi. Bu degani ushbu guruhdagi uchinchi o'rinni olgan jamoa 4 ochkosi bor bo'lgan O'zbekistondan pastda bo'lishi aniq. Bizdan ko'rsatkichi past bo'lgan bitta jamoa aniq.


Ikkinchi jamoa nomi faqat 23 oktyabr kuni yoki undan keyin ma'lum bo'lishi mumkin. "A" guruhidagi vaziyat bilan tanishing:


Jamoa

O'

YU

D

M

T

N

O

1

Braziliya

2

2

0

0

12

2

6

2

Gonduras

2

1

1

0

4

3

4

3

Slovakiya

2

0

1

1

3

8

1

4

BAA

2

0

0

2

2

8

0


 
So'nggi turda Slovakiya - BAA, Braziliya - Gonduras uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Ushbu turda BAA g'alaba qozonsa yoki kamida durang o'ynasa O'zbekiston o'sha lahzada keyingi bosqichga chiqadi.

Demak, o'smirlarimiz uchinchi turni o'tkazmadan avval keyingi bosqich masalasini rasman hal qilishi mumkin. Buning uchun BAA uchinchi turda mag'lub bo'lmasligi lozim.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia