Osiyo kubogi. O'zbekistonlik hakamlar 3-turning o'zida ikkita o'yinda ishlashadi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2024, 10:34
OFK 25 yanvar kungi o'yinlarga tayinlangan hakamlar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra "F" guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvida o'zbekistonlik hakamlar ishlashadi. Bosh hakam vazifasini koreyalik Kim Xi Gon bajarib beradi. Kechagina Eron - BAA uchrashuvida bosh hakam bo'lgan o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev bu safar zaxira hakami sifatida ishlaydi. Yana bir o'zbekstonlik hakam Timur Gaynullin esa beshinchi hakam bo'ladi.

Saudiya Arabistoni - Tailand
25 yanvar 2024 yil. "Education City" stadioni.
Bosh hakam:
Kim Xi Gon (Koreya Respublikasi)
Qanot hakamlari: Yun Jae Yol va Park Sang Jun (ikkisi Koreya Respublikasi)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Beshinchi hakam: Timur Gaynulli (O'zbekiston)
VAR: Kim Jong Xyok (Koreya Respublikasi)
AVAR: Ko Xyung Jin (Koreya Respublikasi)
Nazoratchi: Ismoil Adnan Ismoil Al Hafi (Iordaniya).


Timur Gaynullin




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia