Osiyo kubogi-2027 saralashi. Tojikiston safarda yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2025, 13:52
Bugun 2027 yilgi Osiyo kubogi saralash bahslarida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Tojikiston terma jamoasi safarda Sharqiy Timor mehmoni bo'ldi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bugungi g'alabadan keyin Tojikiston hozircha o'z guruhida 1-o'ringa chiqib oldi. Birozdan so'ng Filippin Maldiv orollari mehmoni bo'ladi. 

Osiyo kubogiga faqat 1-o'rinni egallagan jamoalar yo'llanma olishadi. Tojikiston so'nggi turni mart oyida o'z uyida Filippinga qarshi o'tkazadi.


Osiyo kubogi-2027 saralashi
"A" guruhi. 5-tur
Sharqiy Timor - Tojikiston – 0:5
Gollar:
Shervoni Mabatshoev, 22 (0:1). Ehsoni Panshanbe, 24 (0:2). Shervoni Mabatshoev, 43 (0:3). Muhammadjon Rahimov, 82 (0:4). Sheriddin Boboev, 86 (0:5).
Tojikiston: Rustam Yatimov, Zoir Jo'raboev, Sodiqjon Qurbonov (Alijon Karomatullozoda, 70), Tabrez Islomov, Manuchehr Safarov, Amirbek Jo'raboev, Shervoni Mabatshoev (Ahtam Nazarov, 81), Parvizjon Umarboev (Muhammadjon Rahimov, 46), Alisher Shukurov, Ehsoni Panshanbe (Shahrom Samiev, 70), Rustam Soirov (Sheriddin Boboev, 70).
O'yinning eng yaxshi futbolchisi: Shervoni Mabatshoev (Tojikiston).
18 noyabr. Darvin. "Regbi ligasi" stadioni. 500 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia