Osiyo Kubogi-2019da o'zbekistonlik volontyorlar ishlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 mar 2018, 16:36
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida 2019 yil BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda ushbu musobaqaga O'zbekistondan volontyorlar – ko'ngillilarni yuborib, bunday yirik musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish tajribasini o'rganish masalasi ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, O'zbekiston va BAA futbol assotsiatsiyalari o'rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o'rtoqlik o'yinlariga jalb qilish bo'yicha ham suhbat olib borildi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com