Osiyo Kubogi-2019 saralashi. Tojikistondan yirik g'alaba

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 09:31
Kecha 2019 yilgi Osiyo Kubogi uchun saralash bahslari bo'lib o'tdi.

5ta juftlik o'zaro uy-safar tizimida 3-bosqichga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Kecha dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi. Tojikiston terma jamoasi o'z maydonida Bangladeshni 5:0 hisobida tor-mor etdi. Malayziya esa Timor Lestega javobsiz 3ta gol urdi. Hindiston Laos maydonidan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Yaman Maldiv orollarida g'alaba qozondi - 2:0. Xitoy Taypei - Kambodja uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi.

Xitoy Taypei - Kambodja 2:2
Gollar
: Xuang Vei Min 6, Chen Po Liang 22 - Sokpxeng 8, Chxoeun 32

Maldiv orollari - Yaman 0:2
Gollar
: Al Xagri 31, Al Vorafi 80

Tojikiston - Bangladesh 5:0
Gollar:
J.Ergashev 19, 30, Umarboev 33, D.Ergashev 49, Sharipov 72.

Malayziya - Timor Leste 3:0
Gollar
: Bakri 16, 21, Yahyo 85

Laos - Hindiston 0:1
Gol:
Lalpekxlua 55

Javob uchrashuvlari 6 va 7 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'oliblar keyingi bosqichga yo'llanma olishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia