Osiyo Kubogi-2015 caralashi qanday bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
16 okt 2013, 14:09
Ayni paytda 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi uchun saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Ko'pchilikni saralash tizimini qiziqtirishi tabiiy. Osiyo Kubogi final bosqichida jami 16ta jamoa ishtirok etadi.

Musobaqa mezboni Avstraliya terma jamoasi avtomatik tarzda yo'llanmaga ega bo'lgan (1ta).

OFK shuningdek Osiyo Kubogi-2011da sovrindor bo'lgan uchta jamoaga ham yo'llanma berilishi ma'lum edi. Shu bois Yaponiya va Janubiy Koreya ham yo'llanma olishgan (2ta).

Bundan tashqari OFK Chaqiriq Kubogi g'oliblariga ham Osiyo Kubogiga yo'llanma taqdim etishi haqida qaror qabul qilgan. 2011 yilgi Chaqiriq Kubogida KXDR g'olib chiqib yashil qitaga chiptani yutib bo'lgan. 2014 yilgi Chaqirik Kubogida bu jamoa endi ishtirok etmaydi va unda g'olib bo'lgan jamoa Avstraliyaga boradi (2ta).

Hozirda 5ta guruhda 20ta jamoa kurashishmoqda. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jami 10ta jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma oladi (10ta).

Oxirgi yo'llanma esa shu beshta guruhda eng yaxshi natija ko'rsatgan uchinchi o'rinni olgan jamoaga nasib etadi (1ta).

Shu tariqa ilk marta yashil qitada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga boradigan 16ta jamoa aniqlanadi. 


Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia