O'rtoqlik o'yini. "Surxon" Qozog'iston klubi bilan nursiz durang qayd etdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022, 21:10
Bugun Termiz klubi "Qibray" stadionida o'rtoqlik ucharushuvida maydonga tushdi.

Raqib Qozog'iston Birinchi ligasi vakili "Qiron" bo'ldi. Ushbu jamoa ayni paytda chempionatda 3-o'rinda bormoqda

Kuchli yomg'irga qaramasdan, ikkala jamoa ham yuqori tempda o'yin o'tkazdi hamda bir qancha xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

"Surxon" uchrashuvni quyidagicha tarkibda o'tkazdi:

Davron Merganov, Ulug'bek Abdullaev, Serxio Rodriges, Islomjon Toshpo'latov, Bahtiyor Qosimov, O'ral Choriev, Sharofiddin Shobirov, Kamron Saydazimov, Iqbol Malikjonov, Zohir Pirimov, Miroslav Markovich

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати