O'rtoqlik o'yini. Avstraliya yirik hisobda g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
16 okt 2018, 00:27
FIFA kunlaridan unumli foydalanib qolish maqsadida terma jamoalar o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishyapti.

Jumladan, Avstraliya terma jamoasi bundan bir necha daqiqa avval Quvaytga qarshi o'yin o'tkazdi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo'lgan Yashil qita vakillari yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi. 

Eslatib o'tamiz, Quvayt uzoq muddat hukumatning mamlakat futbol federatsiyasi ishlariga aralashuvi sabab rasmiy o'yinlarda ishtirok etolmay kelayotgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif