"Orol" jamoasi qachon yig'iladi?

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2018
Nukus shahrida "Orol" jamoasi futbolchilari, futbol faxriylari, muxlislar klubi va "Orol"da to'p surib ketgan bir qator futbolchilar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport ishlari qo'mitasi raisi G'.Bayniyazov ham ishtirok etgan.

Uchrashuv tanqidiy ruhda o'tgan. Jamoaning kelajagi va ayrim o'yinlardagi "ataylab" qilingan xatolar videolari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar jamoa murabbiyligiga Nematulla Qutibaevning qaytishini so'rashdi. Biroq N.Qutibaev futbolchilarni aldashga vijdoni yo'l qo'ymasligini, shuning uchun futbolchilarga yaxshi sharoit yaratib berilmasa jamoaga qaytmasligini ma'lum qilgan.

Agar klubga Nematulla Quttibaev bosh murabbiy sifatida qaytsa, Shariyar Jumabekov yordamchi murabbiy va Quvat Tureev menendjer bo'lishi kutilmoqda.

Darvoqe, yangi mavsum boshlanishiga oz muddat qolgan bo'lsa ham jamoa futbolchilari hali yig'ilishmadi. Futbolchilarning o'zlari ham keyingi taqdirlari qanday kechishini bilishmayapti.

"Orol" jamoasi qachon yig'iladi? Bu savolga tegishli mutasaddilardan javob kutib qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia