"Orol" futbol klubi muxlislarni va Fan-klubni stadionga chorlaydi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2018, 11:53
6 aprel kuni Pro-liganing birinchi turida Nukusning "Orol" jamoasi "Turon" stadionida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasiga qarshi mavsumning ilk uchrashuvini o'tkazadi.

Ochilish marosimi soat 15:15 da boshlanadi. Dastlab Nukus shahar madaniyat uyining xonada va raqqosalari ijrosida koncert dasturi qo'yib beriladi. Shundan so'ng Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Futbol Federatsiyasining Prezidenti Q.Sariev so'zga chiqishi kutilyapti.
Uchrashuv 16:00 da boshlanadi.

"Orol" futbol klubining jonkuyar muxlislari uchun yaxshi yangilik ham bor. Klubning Fan-klubi qayta tashkillashtirishmoqda.

Agar siz ham Fan-Klubga a'zo bo'lmoqchi bo'lsangiz quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Fan-klub raisi Timur Kadirov: +998905754732, +998973533529
Fan-klub a'zosi Adil Allaniyazov: 998913830808


Furqat Yusupov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia