"Ordabasi" durang o'ynaydi. Geynrixdan gol

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2015, 21:42
Qozog'iston chempionati 7-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan "Ordabasi" jamoasi safarda "Astana" mehmoni bo'ldi.

Shimkentliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Aleksandr Geynrix o'yinning 10-daqiqasida penaltidan gol kiritib hisobni ochdi.

Biroq, o'yinning 89-daqiqasida poytaxtliklar futbolchisi Rojer Kanyas hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Sasha o'yinda 67 daqiqa harakat qildi.


15 aprel. Ostona. Astana-Arena. 5 000 tomoshabin.

Astana - Ordabasi 1:1 (0:1)
Gollar:
Geynrix (penalti 10) (0:1), Kanyas 89 (1:1)
Ogohlantirishlar: Postnikov 9, Jukov 57 - Ashirbekov 87

Astana: Erich, Anichich, Konisbaev (Jangilishbay 82), Jukov, Shetkin, Ketevoama (s), Beysebekov, Jolchiev, Postnikov, Shomko, Kanyas
Zaxira: Axmetov, Maksimovich, Pikalkin, Tvumasi, Kulbekov, Loginovskiy
Ordabasi: Boychenko, Simchevich, Trakykovich, Maliy, Suyumbaev, Sariev (Tungishbaev 63), Beysenov, Kasyanov, Ashirbekov (s) (Tolebek 87), Geynrix (Tajimbetov 67), Bojich
Zaxira: Sidelnikov, Adirbekov, Kojabaev, Muxtarov.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia