"Oq-tepa": Jamoamizda bosh murabbiy o'zgardi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2014, 14:11
“Oq-tepa” yangi mavsumga yangi bosh murabbiy bilan kirib boradi.
Bugun jamoa rahbariyati murabbiylar shtabida o'zgarishni amalga oshirishdi. Shu kunga qadar klubda bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Furqat Esanboev istefoga chiqarildi. Klub rahbariyati jamoa oldiga qo'yilgan vazifa bajarilmagani sababli shunday qarorga keldi.

Mavsumning ikkinchi qismidan boshlab Furqat Esanboevga yordam berib kelgan Eldor Sakaev bugundan “Oq-tepa” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Murabbiylar shtabida Eldor Usmonovichga qaysi mutaxassislar yordam berishi va jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari xususida keyinroq ma'lumot beramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz