“Istiqlol” mehmoni bo'lgan “Oq-tepa-2” yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi bo'limdan keyin hisob 2:0 bo'lib turgandi. Bosimni oshirgan yoshlarimizni bitta javob to'pini kiritishdi. Maydon egalari darvozasini ishg'ol qilish uchun yana bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi, biroq kutilmaganda yosh posbonimiz xatoga yo'l qo'ydi. Uchinchi gol yigitlarning kayfiyatiga ta’sir qildi, oqibatda yakunda hisob yirik ko'rinish oldi – 5:1.
Eslatib o'tamiz, yoshlarimiz bundan avval chempionatning ko'chirilgan uchrashuvida “Nosta”ni qabul qilib, 5:2 hisobida g'alaba qozongandi. “Oq-tepa-2” navbatdagi uchrashuvini 12 oktyabr kuni BO'SM-16ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bellashuv “Oq-tepa” stadionida bo'lib o'tadi.