“Oq-tepa”: Yangi mavsumga tayyorgarlik davom etadi

20 yanv 2015, 16:04
Kecha jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishdi.
Mashg'ulotlar doimgidek “Oq-tepa” stadionida davom ettirilmoqda. Futbolchilar kuniga bir mahaldan shug'ullanishyapti. Tarkibda o'zgarishlar yo'q. Tayyorgarlikning birinchi bosqichidan keyin hech bir futbolchiga javob berilmadi.
 
Yig'inning ikkinchi bosqichi davomida bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Xususan, “Oq-tepa” ertaga “Paxtakor” o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushsa, oradan ikki kun o'tib, yani, 23 yanvar sanasida Qozog'istonning birinchi liga vakili bilan kuch sinashadi. Har ikkala uchrashuv ham 12:00da boshlanadi. Qolaversa, oy yakuniga qadar yana bitta nazorat o'yini o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: oq-tepa.uz